Главная » 2022 » Ноябрь » 10 » Ayrim tadbirkorlarga litsenziyasiz shug‘ullanishga ruxsat beriladi
17:26

Ayrim tadbirkorlarga litsenziyasiz shug‘ullanishga ruxsat beriladi


Ayrim tadbirkorlarga litsenziyasiz shug‘ullanishga ruxsat beriladi.

Farmonga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan elektron tijorat, transport, logistika, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalari bo‘yicha yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlarning zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi mahsulot va xizmatlarni cheklangan muhitda sinovdan o‘tkazish bo‘yicha “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi.

Shu muddatdan boshlab, maxsus huquqiy rejim doirasida tadbirkorlarga yangi mahsulot va xizmatlarni joriy qilish faoliyatini cheklangan doirada tartibga solish orqali ayrim qonunchilik hujjatlariga amal qilmaslik, lisenziyasiz va ruxsat berish hujjatisiz faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Maxsus huquqiy rejim vakolatli organ va tashabbuskor o‘rtasida har bir loyiha bo‘yicha alohida tuziladigan kelishuvga asosan joriy etiladi;

Maxsus huquqiy rejim yakunlari bo‘yicha vakolatli organ tomonidan 1 oyda sinovdan o‘tkazilgan mahsulot va xizmatlarni joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahlil o‘tkaziladi. Shuningdek, mahsulot va xizmatlarni joriy etish maqsadga muvofiq deb topilganda, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 1-yanvargacha “Maxsus huquqiy rejim to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Adliya vazirligi esa Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrining operatori hisoblanadi.

Yagona reyestr quyidagi bosqichlarda shakllantiriladi:

birinchi bosqichda (2023-yil) – qurilish, savdo, umumiy ovqatlanish, ta’lim va transport sohalaridagi majburiy talablar ro‘yxati shakllantiriladi;
ikkinchi bosqichda (2024–2025 yillar) – barcha sohalardagi majburiy talablar ro‘yxati shakllantiriladi;
Yagona reyestr 2025 yil 1 iyuldan to‘liq ishga tushiriladi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: litsenziyasiz, ayrim, Tadbirkorlarga, ruxsat, shug‘ullanishga, beriladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz