09:40 Samarqand shahri hududi bo‘ylab stikersiz harakatlanishga ruxsat beriladi | |
Bugun, 1 iyundan boshlab Samarqand shahri hududi bo‘ylab stikersiz harakatlanishga ruxsat beriladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar qilmoqda. Qayd etilishicha, avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha) ruxsat beriladi. Fuqarolar avtotransportda ish joyiga borib-kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishi kerak. Avvalroq, Navoiy va Samarqandda yangi kasallanish holatlari aniqlangandi.
Manba: "kun.uz"
| |
|