16:20 Ertadan qaysi faoliyat turlariga ruxsat beriladi? | |
Avvalroq, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirilgan edi. Shu bilan birga ertaga, 1 iyundan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda: "Qizil" hududlarda:
"Sariq" hududlarda "qizil" hududlarga qo‘shimcha ravishda:
"Yashil" hududlarda "sariq" hududlarga qo‘shimcha ravishda:
Bunda marosimlar fuqarolarning uy-joyida 30dan ko‘p bo‘lmagan mehmon ishtirokida o‘tkazishga ruxsat beriladi. Oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish talablarini buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi. "Yashil" hududlarda joylashgan sanatoriy, pansionat, bolalar oromgohlari va boshqa dam olish maskanlariga fuqarolarni tashish uchun viloyatlararo avtobuslar va turistik tashkilotlar avtobuslari qatnoviga ruxsat berildi.
Eslatib o'tamiz, Respublika bo‘ylab «qizil», «sariq» va «yashil» hududlar ro‘yxati yangilangan edi. Ro‘yxatda 6 viloyat "yashil" etib belgilandi. Shuningdek, barcha hududlarda o‘z kuchida qoladigan cheklovlar ro‘yxati ham ma'lum qilindi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|