Главная » 2017 » Июнь » 10 » Hollivud yulduzlaridan go`zallik sirlari
12:03

Hollivud yulduzlaridan go`zallik sirlari


Kinoyulduzlarning kelishgan qad-qomatlari ularning tinimsiz intilishlari natijasi. Ular o`zlari tanlagan parhezga doimo amal qilishadi, sog`lom ovqatlanishga katta e`tibor berishadi. Kino olamidagi eng go`zal yulduzlardan to`rt nafari go`zallik sirlari bilan o`rtoqlashadi.

ShIRINLIKSIZ HAYoT

Jessika Albaga qarab turib, uning barcha qarindoshlari semiz kishilar ekaniga ishonmaysiz. Bu nasliy kelib chiqishdan qutulish uchun aktrisa nimalar qilmadi deysiz: kuniga uch soatlik mashg`ulotlar, deyarli barcha turdagi parhezlar qo`llab ko`rildi... Oqibatda esa oshqozon bilan jiddiy muammolar vujudga keldi. Endi Jessika tartib bilan ovqatlanadi. Semirib ketmaslik uchun shirinliklardan butunlay voz kechgan. «Organizm vitaminlar bilan ko`proq sabzavotli sho`rvalarni iste`mol qilaman», deydi Hollivuddagi eng go`zal ayollardan biri.

Jessikadan tavsiya:

«Kechki vaqt bo`sh vaqtlarimni aerobika, tay-boga bag`ishlayman. Bir soatlik yoqimli mashg`ulotlardan so`ng o`zimni juda yaxshi his qilaman. Bundan tashqari, hamma narsada me`yorga rioya qilishga harakat qilaman».
 

SITRUS BOG`I

«Afsusdagi uy bekalari» seriali yulduzi, qahramoni hamma narsada mukammallikka intiladigan Marsiya Kross tan olishicha, u bu borada qahramoniga o`xshamaydi. Marsiya ovqat tayyorlashga dangasalik qiladi va restoranlarda ovqatlanishni yaxshi ko`radi. Faqat u buyurtma qiladigan taomlar sal boshqacharoq. Bir gal muxbirlar aktrisaning restorandagi buyurtmasini ko`radilar. Unda faqat mevalar va sitrus sharbatlari bor edi.

Marsiyadan tavsiya:

«Homilador bo`lganimga qadar men faqat sharbat ichib «tozalash» kunlarini o`tkazishni yaxshi ko`rardim. Kundalik rasionim ikkita alkogolsiz sharbatli kokteyl, bir stakan ananas sharbati, ikkita olma va olti stakan apelsin sharbatidan iborat edi. Farzandlarim dunyoga kelganidan so`ng yana haftada ikki kun «sharbatli» kun qila boshladim.

ATKINS PARHEZI

Ketirin Zeta-Jons o`ta qat`iy parhezlarni yoqlamaydi. «Men balerinalar orasida ulg`ayganman va anoreksiya nimaligini juda yaxshi bilaman. Shuning uchun ortiqcha kilogrammlardan asta-sekinlik bilan va faqat parhezshunos nazoratida xalos bo`lish kerak, deyman». Zeta-Jonsning o`zi Atkins parheziga amal qiladi: u asosan go`sht va pishloq yordamida ozadi, yorma mahsulotlarini umuman emaydi.

Ketrindan tavsiya:

«Mening oddiy bir qoidam bor: jismoniy mashqlarni bir kun ham kanda qilmayman. To`g`ri, sportning biror turi bilan shug`ullanmayman — bu menga qiziqmas. Ko`rinishimni yaxshi saqlash uchun esa raqs mashqlari bilan shug`ullanaman».

ATIGI UCh KUN

Liz Xyorli o`zi uchun azobli va uzoq kechadigan emas, balki qisqa vaqtli engil parhezni tanlagan. Lizning ta`kidlashicha, bu vaqt ichida butun organizm tozalanadi, ikki kilogrammgacha ortiqcha vazndan xalos bo`linadi, yuz va badan terisi sog`lomlashadi. Bu uch kunlik parhezning asosini qovurilgan baliq, yovvoyi guruch va bug`da pishirilgan sabzavotlar tashkil etadi. Bundan tashqari, suv, choy va meva sharbatlari aktrisaning sevimli ichimliklari. Ovqatlanishni kechki ettidan kechiktirmaydi, uyqu oldidan esa giyohli choy ichadi.

Lizdan tavsiya:

«Parhez vaqtida men albatta saunaga yoki turk hammomiga tushaman. Yaxshigina terlagandan so`ng tana uchun asal va tosh tuzili skrabdan foydalanaman. So`ngra teriga oziqlantiruvchi krem suraman».


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Hollivud, yulduzlar, gozallik sirlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz