13:07 Kamera qarshisida tabassum qilishni xushlamaydigan yulduzlar | |
Gollivudcha tabassum aktyorlarning tashrif qog‘ozi hisoblanishiga qaramay, ba’zi yulduzlar his-tuyg‘ularini ommaga ko‘rsatishni xohlamaydi. Lisa nashri tabassum qilishni yoqtirmaydigan mashhurlar ro‘yxatini e'lon qildi. Viktoriya Bekhem Viktoriya jamoatchilikka deyarli tabassumsiz namoyon bo‘ladigan yulduzlardan biri hisoblanadi. Kimlardir yulduzni keragidan ortiq jiddiy hisoblasa, kimlardir uning turmush o‘rtog‘i Bekhemga bunday norozi qiyofali rafiqa bilan oson emas, deb achinadi. Uning o‘zi esa tabassumini chiroyli emas, deb hisoblagani uchun jiddiy yuz ifodasini ma’qul bilishini ta’kidlaydi. Hozirda dizayner sifatida faoliyat yuritayotgan sobiq Spice girls ijrochisi kolleksiyalardan birini “Moda mening tabassumimni o‘g‘irladi” deb nomlagan. Jonni Depp Iste’dodli aktyorni kamdan kam holda tabassum bilan ko‘rish mumkin. Jiddiy qiyofa esa uning tashqi ko‘rinishi va u kinoda jonlantirgan obrazlarga mos ekanini bilish qiyin emas. Aslida Deppga kulgi begona emas, shunchaki u tabassum qilishi uchun atrofida suratchi va fotokameralar bo‘lmasligi kerak. Kristen Styuart Kristen suratlariga nazar tashlansa, uning yuz qiyofasida kulgidan asar ham yo‘qligi, shuningdek, hamisha ma’yus ko‘rinishini bilish mumkin. Aktrisaning so‘zlariga qaraganda, u hech qachon jamoatchilikka yoqishga harakat qilmagan, u faqatgina sevimli ishi bilan shug‘ullanishni, shunchaki kinoda suratga tushishni istaydi. “Men paparatssiga tabassum qilsam, odamlar meni noto‘g‘ri tushunadi va meni sotilgan deb tushunadigandek tuyiladi. Shuning uchun ham kamera qarshisida kulmayman”, — deydi Styuart. Kira Naytli “Andisha va g‘urur” filmida Kira tomonidan jonlantirilgan mag‘rur Elizabet obrazi aktrisaning ruhiyatiga singib ketgandek tasavvur beradi, chunki u kamera qarshisida hamisha jiddiy ko‘rinish beradi. Kim Kardashyan Kardashyanning Instagram sahifasida kulib tushgan suratlari onda-sonda ko‘zga tashlanadi. Kim jamoat joylarida tabassum qilmasligining o‘ziga xos sababi bor, uning ta’kidlashicha ayrim suratchilar, tabassumi fotoga muhrlangan yulduzlar suratini katta mablag‘ga pullaydi, xo‘mraygan mashhurlar surati esa arzonroq turadi. Leonardo Di Kaprio Gollivudda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan haqiqiy iste’dod egasi Leonardo so‘nggi vaqtlarda paparatssilar sabab kulmay qo‘ygan. “Suratchilar o‘zini hurmatsiz va agressiv tutishini jinim suymaydi. Shaxsiy hayotimga burun suqishlari yoqmagani bois ham kamera qarshisida tabassum qilmayman”, — deydi Leo.
Manba: "daryo.uz"
| |
|