17:17 Ijobiy xususiyatlaringizni namoyon qila olasizmi? | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Har bir insonning o`ziga xos alohida yaxshi jihati, qobiliyati bo`ladi. Va ko`pincha ularni qarshimizdagi insonga namoyish qilishimiz talab etiladi. Masalan, birinchi uchrashuvda, orzumizdagi ishga kirish uchun suhbatga borganimizda, mehmonda... Lekin negadir nimadir pand beradi-yu, o`zimizga xosligimizni payqashmaydi ham. Ushbu testimiz sizning yaxshi sifatlaringizni qanchalik yuzaga chiqara olishingizni aniqlashga yordam beradi. 1. Maktab yoki institutdagi og`zaki imtihonlarda odatda siz... A. «O`zimni qunt bilan tayyorlangandek ko`rsatardim». B. «O`y-fikrlarimni tushunarli ifodalashga bor kuchim bilan tirishardim». V. «Balandroq ovozda javob berardim». G. «O`zimni chekimga tushgan savolga javob berish menga ish emasdek tutardim». 2. Sizga kimdir ahmoqona tanbeh bersa... A. «Jahlim chiqib, qizishib ketaman». B. «Uyatdan qizarib ketaman». V. «Gapni hazilga buraman». G. «Kimningdir o`ylamay aytgan so`zlari yuragimga yaqin olishimga arzimaydi». 3. Sizni shunday kechaga taklif qilishdiki, borsangiz, hayotingizda o`zgarish yuz berishi mumkin. Qay darajada tayyorlanasiz? A. «Ortiqcha urinishga ne hojat? Hayotim o`zgarsa-da, o`zligim o`zgamas axir?» B. «Kiyim javonimdagi eng chiroyli libosni kiyaman, hammasi shunda zo`r bo`ladi». V. «Tashqi ko`rinish va kiyinishda me`yordan oshib ketmasligim lozim». G. «Juda qattiq hayajon bilan tayyorgarlik ko`raman». 4. Ishga qabul qilish jarayonida sizdan kamchiligingiz haqida so`rashsa... A. Xavotirlana boshlaysiz: «Bu yaxshi ishora emas». B.«Axir kamchiligim yo`q deya aldashim ham mumkin-ku!» deb hazillashaman. V. O`zingizning ojiz tomonlaringizni ro`yi-rost gapirasiz. S. O`zingizga yarasha «minus»laringiz borligini aytib, ish jarayonida ularni to`g`irlashingizni ta`kidlaysiz. Shu yo`l bilan sir boy bermaysiz. 5. Yoqtirgan insoningiz sizga bee`tibor emasligiga ishora qilsa... A. Kutasiz, toki ko`nglini ochmaguncha. B. Siz ham munosib javob qaytara boshlaysiz. V. Ko`z-ko`zga tushmasligiga harakat qilasiz. G. Dilingizdagilarni izhor qilish uchun qulay vaziyatni kutasiz. 6. Fikringizcha, atrofdagilar sizning aslingizni qay darajada ko`ra olishadi? A. «Qanday bo`lsam, shundayligimcha qabul qilishadi». B. «Bu ularning harakatiga bog`liq». V. «O`zimni qanchalik namoyish qilsam, ular shunchalik mening aslimni ko`ra olishadi». G. «Hatto, o`zimga ham noma`lum bo`lgan tomonlarimni bilishadi, menimcha». 7. Hayot, bu — ... A. Labirint. B. Hamma niqob taqib olgan bal. V. Sarguzashtlarga boy sayyohat. G. Lotereya. 8. Ko`zgudagi aksingizga qaraganingizda... A. «Binoyidek ko`rinaman». B. «Doim ham aksimdan ko`nglim to`lmaydi». V. «Qiyofamni tabiiy qabul qilaman». G. «Ko`zguga qarash odatiy hol-ku! Pardozimda yoki kiyimimda kamchilik bo`lsa, to`g`irlayman». 9. Odamlardagi qaysi xislatni qadrlaysiz? A. «Nima o`ylasa, shuni aytishlarini, ya`ni ikkiyuzlamachilik qilmaslikni». B. «Odamgarchilik, bag`ringkenglikni». V. «Boshqalarning e`tiborini jalb qila olishlarini». G. «Atrofdagilarning sevgisini qozonishganini». 10. Kim yoki nima o`zingizga bo`lgan bahongizni oshiradi? A. «Suhbatdoshim yuzidagi tabassum». B. «Maqtovlar». V. «Gap-so`zlarimga qoyil qolayotgan nigoh». G. «Sizda boshqalar ilg`ay olmagan xislatni ko`ra olgan kishi». Ballarni hisoblaymiz!
Natijalar 10-18 ballgacha: xameleon Boshqalarning e`tiboridan o`zingizni yo`qotib qo`ymaysiz, atrofdagi hammaning nigohi sizga qadalib tursa ham, qaddingizni g`oz tutib turaverasiz. Bu darajaga qanday erishgansiz-a? Vaziyatga qarab to`ningizni o`zgartira olish esa siz uchun umuman muammo emas. Sizning haqiqatingiz — «Har bir odamning zaxirada niqoblari bo`lishi kerak, o`rni kelganda ularni taqib, turlanishi lozim». Ayni shu xislatingiz muhim sanagan kishilaringiz bilan o`rtangizda gap qochib qolmasligini ta`minlaydi. Agar biror xatongiz uchun devorga tirashsa, ko`zingizga yosh olib ham vaziyatdan chiqib ketasiz. Juda moslashuvchanligingiz sabab har qanday davrada ijobiy taassurot qoldirasiz. 19-24 ballgacha: oshkora e`tibor Bilasizki, hammaning o`ziga yarasha hurmat-obro`si va bunga arzigulik xislatlari bor. Ularni namoyish qilish shart. Qobiliyatlaringizni o`rni kelganda ishga solasiz, biror manfaat ko`zlaganingizda-ku inchinun. Yana siz insonning tashqi ko`rinishi va fe`liga qarab ham baho berishadi, quruq mehnat bilan hech narsaga erishib bo`lmaydi, deya hisoblaysiz. O`zingizga xos tomonlaringizni ayni paytida yuzaga chiqarasiz. Tortinchoqlik sizga yot. E`tibor berishayaptimi, demak, bunga arziyman, deya yo`lingizda davom etasiz. Eng muhimi esa sabr qilishni bilasiz, ya`ni to vaqti kelmaguncha tilingizni tishlab tura olasiz. Shu ruhda davom eting. 25-31 ballgacha: olomondagi soya Siz e`tibordan qo`rqasiz, shu sabab o`zingizni to`laqonli namoyon eta olmaysiz. Siz olomondagi soyadek bilinar-bilinmay yashashni afzal bilasiz. Kimdandir tanbeh eshitgandan ko`ra jimgina yurish — eng ma`quli shu. O`z qobig`ingizga o`ralib olishingizning bir qancha sabablari bo`lishi mumkin: masalan, aybdorlik hissi, kimningdir qattiq tanqidi, noqulay vaziyatga tushib qolishdan cho`chish vahimasi. Sabablarni aniqlab, ular ustida ishlang. Unutmang, oftob yorug`iga chiqish, bu o`z-o`zini ko`z-ko`zlashmas, dunyoning yorqin tomonlarini ko`ra olish va quyosh nurlaridan bahramand bo`lishdir. 32-40 ballgacha: e`tirofni kutib... Siz e`tibor qozonishni emas, boshqalar sizga e`tibor qaratishini kutasiz. Ammo e`tiborga tushmaguncha e`tirof etilish mumkinmasligini xayolingizga ham keltirmaysiz. Gohida «Shuncha urinishlarimni payqamadi ham, munosib baholamadi mehnatimni», deya nolib yurasiz. Aslida o`zingiz qilgan ishlaringizni to`g`ri namoyish qilishni bilmaysiz. Atrofdagilar sizning boy va chiroyli olamingizni qanday ko`ra olsin axir, o`zingiz ularni yuzaga chiqarmasangiz? Hammasi o`z qo`lingizda, harakat qiling, o`zingizni ko`rsating. Bo`lmasa, ko`p narsadan quruq qolishingiz mumkin. MUXLISA tayyorladi.
Manba: "darakchi.uz"
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|