19:49 Ikkita SIM-kartali telefonlarning «aybi» ochildi | |
Ikkita (yoki uchta) SIM-kartali mobil telefonlarning asosiy kamchiligi vaqti-vaqti bilan kartalarning birida yoki barchasida aloqaning yo‘qolib qolishidir. Bu haqda «Nezavisimaya ekspertiza» markazi texnik eksperti Ivan Simonov «Praym» agentligiga ma'lum qildi. «Buning sababi shundaki, qurilma (telefon) bir paytning o‘zida bittadan ortiq manbadan axborot olishga qiynaladi, shuning uchun axborot oqimini nazorat qilishi va taqsimlashiga to‘g‘ri keladi, bu esa bir qabul qiluvchi moduldan ikkinchisiga ulanishda xatoliklarni keltirib chiqaradi», — tushuntirdi ekspert. Xatoliklar yig‘ilib borgani sayin telefon ishida buzilishlar sodir bo‘ladi, garchi ekraningizdagi antenna belgisi aloqa mavjudligini ko‘rsatib turgani bilan aslida siz xizmat doirasidan tashqarida bo‘lasiz — sizga qo‘ng‘iroq qilib tusha olishmaydi, buni hatto bilmay ham qolasiz, dedi Simonov.
Manba: "xabar.uz"
| |
|