16:19 iPhone 14 da rostdan ham halokat detektori ishlaydimi? Blogerlar smartfonni sinadi | |
Blogerlar tajriba o‘tkazib, iPhone 14 ni mashina ichiga o‘rnatgandan so‘ng, avtomobilni masofadan boshqarish orqali yo‘l-transport hodisasini uyushtirdi. Videoda smartfon haydovchi o‘rindig‘ining yuqorisiga mahkamlangan. Telefon halokat sodir etilganidan so‘ng, uning detektori ishga tushgan. Ekranda 10 soniya ichida qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish haqida xabar paydo bo‘lgan. Maʼlumot uchun, baxtsiz hodisalarni aniqlash funksiyasi nafaqat iPhone 14, balki yangi avlod Apple Watch'da ham bor. Halokat vaqtida vidjet signal berib, maxsus bildirishnomani ko‘rsata boshlaydi, shundan so‘ng favqulodda xizmatlar chaqiriladi. Shuningdek, oldindan yozib olingan xabar va avariya joyining koordinatalari uzatiladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|