15:30 Xitoyda ham jazirama va qurg‘oqchilik | |
Xitoyda ham, xuddi Yevropada bo‘lgani kabi, 2022 yil yozida ekstremal issiq va quruq havo kuzatilmoqda. Shu tufayli Yevroosiyoning eng uzun va sersuv daryosi hisoblangan Yanszi daryosida suv sathi ayrim joylarda XIX asr o‘rtalaridan buyon eng past darajaga tushdi, o‘nlab irmoqlar esa qurib qolmoqda. Qurg‘oqchilik sababli Xitoyda ayrim korxonalar faoliyati to‘xtab qoldi, elektr energiyasi taqchilligi boshlandi, yuklarni yetkazib berishda uzilishlar ro‘y bermoqda, meva va sabzavot narxlari ko‘tarilmoqda. Quyida suv yetishmovchiligi Xitoyga qay darajada taʼsir ko‘rsatgani aks etgan fotojamlanma.
Manba: "kun.uz"
| |
|