10:12 iPhone 8 ning yakuniy dizayni ma’lum bo‘ldi | |
iPhone 8 ning yangi suratlari paydo bo‘ldi. Bu mavjud bo‘lganlar ichida eng batafsil namuna hisoblanadi. Bu haqda Forbes xabar berdi. “Tasdiqlashim mumkinki, bu iPhone 8 ning yakuniy dizayni. Oddiy metal bo‘lagiga o‘xshash ko‘plab maketlardan farqli ravishda, bu namuna juda yuqori sifatli materiallardan tayyorlangan”, — deydi Forbes muxbiri Gordon Kelli. Smartfonning orqa qopqog‘i simsiz quvvatlash imkonini berish uchun oynadan ishlangan. Shuningdek, iPhone 8 smartfoni 5,8 dyumli ramkasiz ekranga ega. Displeyning yuqori qismida datchik va ovoz chiqaruvchi dinamik joylashgan. Uning gabaritlari 4,7 dyumli displeyga ega iPhone 7 dan kattaroq. Muxbirning qayd etishicha, Apple barmoq izini oluvchi Touch ID skaneriga ega Home tugmasidan voz kechmoqchi. Uning o‘rniga yuzni skanerlovchi Face ID keladi. iPhone 8 Apple’ning har yili bo‘ladigan taqdimotida — 2017-yilning kuzida namoyish etiladi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|