IShID terrorchilik guruhi yana bosqinchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar tarqatdi.
9 aprel kuni Misrning ikki shahridagi cherkovda yirik terakt sodir etilgandi va bu jinoyatni IShID terrorchilari amalga oshirgani xabar qilingandi.
Xorij OAVning ma’lumotlariga qaraganda, Tanta va Aleksandriya shahrida uyushtirilgan teraktlar xudkush-terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan. Portlovchi vositalarga ega bo‘lgan nimcha kiyib, o‘zini portlatgan terrorchilarning ismi oshkor bo‘ldi. Ular – Abu al-Baraa al-Masriy va Abu Ishoq al-Masriy.
Bu voqeadan so‘ng, IShID jangarilari yangi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ma’lumotlar tarqaldi.
Eslatib o‘tamiz, Misrda yuz bergan terakt oqibatida 44 kishi qurbon bo‘ldi, 100dan ortiq kishi yaralandi.