Internet tarmog‘ida IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy murojaat bilan chiqdi. Unda al-Bag‘dodiy Turkiyaga hujum qilishini aytgan. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, IShID boshlig‘ining murojaatida Mosul aholisi va shaharda harbiy harakat olib borayotgan koalisiya ishtirokchilariga hamda IShID atrofida birlashgan Nineviya provinsiyasiga tahdid aks etgan.
Terrorchilarning bu murojaati, nafaqat Iroqning shimoliy qismini ozod qilish harakati boshlanganidan, balki shu yil boshidan beri eng birinchisi sanaladi.
So‘nggi oylarda al-Bag‘dodiyning joylashgan o‘rni haqida turli fikrlar mavjud.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, al-Bag‘dodiy og‘ir jarohatlangani sabab olamdan o‘tgan. Boshqa manbaalarda esa u Mosulda yashiringani aytilgan.
Uchinchi taxminga ko‘ra, terrorchilar rahbari Iroq shimolini tark etib, jangarilar o‘zlarining poytaxti deb hisoblaydigan Rakka shahriga qochib ketishga ulgurgan.