21:07 Kulgu jamoasidagi qizga behayo suratlarini tarqatish bilan tahdid qilishdi | |
Toshkentdagi nufuzli universitetlardan birining magistratura bosqichida tahsil oladigan 26 yoshli yigit mashhur kulgu jamoasi ishtirokchisi bo‘lgan qizning rasmlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, undan pul undirmoqchi bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi binosida sudlanuvchiga hukm o‘qildi. Bu haqda «Darakchi»ga Toshkent shahar sudining jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova xabar qilgan. Sudlanuvchi bir qiz bilan tanishib qoladi. Uning sochiqqa o‘ralgan holdagi fotosuratini qo‘lga kiritib, uni o‘zida saqlab yuradi. Bir yil o‘tgach, qizning fotosuratini internet orqali boshqa ayol kishining yalang‘och holatda tushgan suratlari bilan montaj qiladi. So‘ng «instagram» ijtimoiy tarmog‘i orqali akkaunt ochib, unda o‘zi tomonidan tayyorlangan ayolning yalang‘och holatda tushgan fotosuratlarini yuklaydi. Bu fotosuratlarni qizning ish faoliyatini olib boruvchi kulgu jamoasiga va «youtube»ga tarqatish bilan qo‘rqitadi. Mazkur fotosuratlarni internetda tarqatmaslik evaziga, tovlamachilik yo‘li bilan qizdan 1.500 AQSh dollar talab qiladi. Qiz mazkur holat yuzasidan IIVga ariza bilan murojaat qilgan. Shu kuni IIV JQBB K va IJQKB tezkor hodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida sudlanuvchining tanishi daliliy ashyo bilan ushlangan hamda pullarni sudlanuvchining iltimosi asosida olgani haqida bayon qilgan. Sudda sudlanuvchi aybiga iqror bo‘ldi... Sudlanuvchi JK 165-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. JK 165-moddasining 1-qismi bilan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|