Isroildagi tug‘ruqxonalarning birida ikki boshli o‘g‘il bola dunyoga keldi, deb yozadi“Segodnya.ua” nashri.
Hozirda shifokorlar bola ustida muttasil tahlil namunalarini olib, uni to‘laqonli ravishda tekshiruvdan o‘tkazmoqdalar. Bu uning kelajakda yashab ketishi, organizmidagi yetishmaydigan va ortiqcha organlarni aniqlashga yordam beradi.
Go‘dak siam egizaklari kabi alohida organlar bilan dunyoga kelmagan. Gap shundaki, go‘dak organizmidagi organlarning faqat bir donadan ekani katta muammodir.