21:05 Italiya mafiyasiga tez yordam mashinalarining tovushi yoqmay qoldi | |
Neapoldagi Italiya mafiyasi tez yordam jamoalariga sirenalar va miltillovchi chiroqlardan foydalanishni to‘xtatishlarini so‘rab tahdid qilgan. Bu haqda «The Times» nashri xabar bermoqda. Mahalliy mafiya guruhlariga tez yordam sirenalarining politsiya reydiga o‘xshash ekanligi, giyohvand moddalar sotuvchilari va ularning mijozlarini qo‘rqitayotgani yoqmaydi. Mafialar tez tibbiy yordam haydovchilariga maxsus signalni ishlatishda davom etsalar, ularni shafqatsiz jazo kutayotgani bilan tahdid qilganlar. Jabrlanuvchilar politsiyadan himoya so‘rab murojaat qilgan, deyiladi gazetada. Avvalroq Italiya mafiya to‘dalari xayriya ishlarida qatnashganligi va kambag‘allarga yordam berishga va koronavirus pandemiyasi sharoitida oziq-ovqat yetkazib berishga kirishgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakatning turli shaharlarida, ayniqsa, janubiy kambag‘al viloyatlarda mafiya aholiga zarur mollarni yetkazib beradi. Ishidan ayrilgan odamlar, kun kechirish uchun «kulrang ish haqi» evaziga ish topadilar. Bu mafiya guruhlarining daromadlariga ham ta’sir qilganligi sababli ular mahalliy aholiga yordam berishni afzal ko‘rishadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|