13:25 Tishlar uchun «tez yordam» | |
Agar tishlaringiz bezovta qilsa-yu, stomatolog qabuliga borish uchun hafta oxirini kutishga to‘g‘ri kelsa, ungacha ahvolingizni yaxshilaydigan, og‘riqni qoldiradigan oddiy reseptlarni bilib qo‘yganingiz zarar qilmaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ining birmuncha ko‘p uchraydigan kasalliklari haqida stomatolog-shifokor Erkin RASULOV ma’lumot beradi. Karies Karies tishlarni yaxshi tozalamaslik, tarkibida shakarli moddalar bo‘lgan yeguliklar iste’moli tufayli yuzaga keladi. Afsuski, shirinliklardan voz kechish oson emas, tishlarni mustaqil tozalash ham 100 foizlik samara bermaydi. Shu bois karies paydo bo‘lishining oldini olish uchun ham hech bo‘lmaganda yiliga ikki marta stomatolog ko‘rigidan o‘tib turish o‘rinli. Bu sizni shifokor qabuliga birmuncha jiddiy muammolar bilan borishdan asraydi. Karies yuzaga kelganda imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qiling. Ungacha uy sharoitida og‘riq qoldirish uchun quyidagilarni tavsiya etish mumkin:
Tish emali ta’sirchan bo‘lib qolsa… Buning sabablari turlicha. Masalan: • Noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida organizm emalning normal holati uchun kerakli moddalar bilan ta’minlanmaydi. Shirinliklar, shirin, gazlangan ichimliklar va nordon mahsulotlar tish himoya qavatining kimyoviy buzilishiga olib keladi. • Tish nervi yallig‘langanda, shuningdek, gigiena qoidalariga amal qilmaslik oqibatida ham tishlar issiq-sovuqqa ta’sirchan bo‘lib qoladi... Uy sharoitida qo‘llaniladigan quyidagi muolajalar tish emalini mustahkamlashda yordam beradi:
Milklar qonasa… Milklar yallig‘lanishi, asosan gingivit belgisi hisoblanadi. Agar gingivit davolanmasa, birmuncha jiddiy muammo — paradontitga sabab bo‘lishi mumkin. Homiladorlik davrida ham milklar qonashi kuzatilishi mumkin. Bu organizmdagi gormonal jarayonlar bilan bog‘liq. Shuningdek, chekish, stress va noto‘g‘ri parhez, qandli diabet kasalligi, organizmda S vitamini yetishmasligi ham milklar qonashini keltirib chiqaradi. Agar milklaringiz qizarib, og‘risa, uy sharoitida qo‘llaniladigan quyidagi reseptlar ayni sizbop:
Agar milklarga issiq ovqat yoki qattiq yegulik bilan ziyon yetkazib qo‘ysangizu ular shishib, og‘risa, marmarak (shalfey) qaynatmasini og‘zingizga biroz vaqt solib turing. Muolajani kun davomida bir necha marta takrorlang.
Manba: "http://darakchi.uz"
| |
|