12:42 Jahon chempionati. Bugun o‘zbekistonlik 5 nafar bokschi ringga chiqadi | |
Bugun, 27 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida boks dunyosining 2017 yilgi eng nufuzli musobaqasida uchinchi kun janglari bo‘lib o‘tadi. Bugungi janglarda O‘zbekiston terma jamoasining yana 5 nafar vakili ringga chiqadi. Barcha bahslar UzReport telekanali tomonidan translyatsiya qilinadi. -56 kg: Murodjon Ahmadaliev (O‘zbekiston) - Qayrat Yeraliev (Qozog‘iston) (soat 18:25dan so‘ng) -64 kg: Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Jon Guterres (Kolumbiya) (soat 18:50 dan so‘ng) -91 kg: Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Yara Peralta (Argentina) (soat 20:30dan so‘ng) -49 kg: Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Robinson Rodriges (Kosta Rika) (soat 22:10dan so‘ng) -75 kg: Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Aziz Ochilov (Turkmaniston) (soat 23:30 dan so‘ng). Musobaqaning birinchi va ikkinchi kunlarida ikki o‘zbekistonlik birinchi janglarini o‘tkazdi. Dastlab 25 avgust kuni -91 kilogramm vazn toifasidagi Sanjar Tursunov nikaragualik Jeffri Gonsalesga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. U ishtirokini 1-bosqichdan boshlagandi. 26 avgust kuni esa -52 vazn toifasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan holda Germaniyaga kelgan Jasurbek Latipov Puerto-Riko vakili Yankiel Riverani 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Manba: "kun.uz"
| |
|