18:52 Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga doir yangi qaror qabul qilindi | |
Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya Vazirligining "Huquqiy axborot" kanali. Ushbu qarorga ko‘ra: - 2018 yil 1 apreldan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari olish uchun faqat Davlat xizmatlari markaziga yoki O‘zbekiston Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat etishlari mumkin bo‘ladi; - ish beruvchilarning, shuningdek, mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshiruvchi fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, majburiydir. Bunda, fuqaroni hisobga qo‘yish uchun ish beruvchi murojaat qiladi; - yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari a’zolari va boshqa fuqarolar JBPTda ixtiyoriy tartibda ishtirok etishadi; - fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bepul amalga oshiriladi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|