Главная » 2021 » Июль » 28 » «Tonirovka» bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi
16:48

«Tonirovka» bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi


«Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (465-son, 28.07.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 oktyabrdan avtotransportlar oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati faqat Yagona inreraktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ko‘rsatiladi.

Qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga ko‘ra, avtotransportlar oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) ishlari avtotransport vositasi egasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Avtotransport orqa oynasining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish), shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan ko‘p bo‘lmagan polosa shaklida yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi.

Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma uchun to‘lov 10 kun muddatda amalga oshiriladi.

Ruxsatnoma avval berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatigacha qayta rasmiylashtiriladi.

YaIDXP orqali (my.gov.uz) ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov undirilmaydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tonirovka, qaror | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz