22:11 Jasorat: ona o‘g‘lini timsohning og‘zidan chiqarib oldi | |
Zimbabvelik bir ayol o‘g‘lini timsohning og‘zidan chiqarib oldi. Buning uchun barmog‘ini sudralib yuruvchining burniga tiqdi. Bu haqda Unilad xabar bermoqda. 30 yoshli Maurina Musisinyana erining singlisi va ikki yosh bolasi bilan Gonarezu milliy bog‘i yaqinidagi Runde daryosiga baliq oviga bordi. Ayol bolasini daryo bo‘yida soyabon ostida o‘ynash uchun qoldirib, baliq oviga bordi. Bir vaqt to‘satdan qaynsinglisi qichqira boshladi. Musisinyana qarmoqni tashlab, bolasi tomon yugurdi. U uch yashar o‘g‘li Gideonni ulkan timsoh tishlab olib, suvga sudrab ketayotganini ko‘rdi. Afrikalik ayol o‘g‘lini qutqarishga shoshildi. Ota-onasining unga timsohning burnini qattiq bossa, u bo‘g‘ilib, tishlarini ochishini aytganini esladi. Ona barmoqlarini sudraluvchining burniga tiqdi va timsoh Gideonni qo‘yib yubordi. ammo ayolning barmog‘ini tishlab oldi. Gideon yuz jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Jarohati tufayli u nafas olishda qiynala boshladi. Shifokorlar bolaga zarur yordam ko‘rsatdilar, u tuzalmoqda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|