20:29 Jasur Umirov konsertiga kelgan kichkina muxlisi bilan birga kuyladi | |
Xonanda Jasur Umirovning konsertining birinchi kuni ya’ni 14 noyabr qiziqarli hodisalarga boy bo‘ldi. Tomoshabinlar ishtirokida ikki marta qiziqarli musobaqalar tashkillashtirildi. “Dizayn” guruhi sahnaga ikki nafar tomoshabinni taklif etdi va ular ishtirokida qiziqarli sahna ko‘rinishini namoyish etdi. Konsert dasturida ko‘plab bolalar ishtirok etdi. Ular xonandaga gul va boshqa esdalik sovg‘alarini hadya etdi. Kotsertga kelgan yuzlab bolajonlarni ko‘rgan Jasur Umirov “Men bolajonlarning san’atkoriman” dedi. Ulardan biri xonanda bilan qo‘shiq ham kuyladi. O‘zini “Abubakir” deb tanishtirgan bolakay xonandaning “Taqdirim shu ekan” qo‘shig‘ini u bilan birga ijro etdi. Mazkur holat tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|