16:06 Jizzaxda pichoqlanib, suvga tashlab yuborilgan qiz kanaldan chiqib, uyiga keldi… | |
Zangiota tumanida inson joniga suiqasd qilinganlik holati aniqlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari ma’lum qildi. Aniqlanishicha, kecha, 20 aprel kuni soat 03:00 larda Zangiota tumani, Quyoshli mahallasida 2003 yilda tug‘ilgan A.Q. ikki nafar sherigi bilan ularga oldindan tanish bo‘lgan 2002 yil tug‘ilgan qiz K.R. bilan o‘zaro janjallashib qoladi. 17 yoshli yigit oshxona pichog‘i bilan qizning bo‘yin, qorin xamda tanasining turli qismlariga uradi. Shundan so‘ng yigitlar jinoyat izini yashirish maqsadida qizni shu yerdan oqib o‘tuvchi “Tuyabo‘g‘iz” kanaliga tashlab yuborib, hodisa joyidan yashiringanlar. K.R. olgan tan jarohatlariga qaramasdan, kanaldan chiqib, o‘z uyiga yetib borgan va yaqinlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordam sabab uning hayoti saqlab qolingan. Mazkur holat yuzasidan shu kuni A.K. va boshqalarga nisbatan JKning 25,97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda aybdorlar ushlangan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|