17:43 Jizzaxdagi zavodda KIA avtomobillari ishlab chiqariladi | |
Shu yilning noyabr oyidan Jizzaxdagi yangi zavodda KIA K5 va Seltos modellarini ishlab chiqarish ishlari boshlanadi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda. Qayd etilishicha, kelgusida jahon brendlarining boshqa moddellarini ham ishlab chiqarishi kutilayotgan ADM-Jizzakh zavodining ishlab chiqarish quvvati birinchi bosqichda yiliga 25 000 avtomobilni, keyinchalik esa 100 000 avtomobilni tashkil etishi rejalashtirilgan. Zavod avval-boshdanoq multibrendli xususiyatga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan — kelgusida u yerda jahonga mashhur qator brendlar avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar hamkor dilerlik tarmoqlari orqali MDH davlatlariga eksport qilinadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|