Главная » 2018 » Апрель » 17 » 1 iyuldan boshlab O‘zbekistonda kobeyjing kartalari ishlab chiqariladi
15:24

1 iyuldan boshlab O‘zbekistonda kobeyjing kartalari ishlab chiqariladi


Yaqinda O‘zbekiston naqd pulsiz hisob-kitob tizimida haqiqiy o‘zgarish yuz beradi - 1 iyulga qadar mamlakatda kobeyjing kartalari joriy etiladi. Bu qanday karta ekanligi va mamlakatimiz aholisi nega buni shuncha uzoq vaqtdan beri kutgani haqida Yagona umumrespublika protsessing markazi bosh direktori Ahror Mahmudov ma’lumot berdi.

Kobeyjing kartalari bu - bir necha, odatda, ikkita to‘lov tizimi uyg‘unligida xizmat ko‘rsatuvchi bank kartalari. Ya’ni, u xuddi odatiy kartaga o‘xshaydi, farqi - undan har ikki to‘lov tizimi infratuzilmasida foydalanish mumkin ekanligida, ya’ni mahalliy va xorijiy.

«So‘nggi besh oyda biz keng miqyosli loyiha ustida ishlayapmiz – bu kobeyjing kartalarini tatbiq etish. Bu degani, bitta kartada ikkita to‘lov tizimi birlashtiriladi, ulardan biri UzCard milliy tizimidir. Ikkinchi to‘lov tizimini esa ehtimoliy to‘rttadan birini tanlash mumkin - «China UnionPay», «MIR», «Visa» va «Master Card». Karta egasi boshqa mamlakatda ushbu kartalardan foydalanganida mablag‘ kerakli xorijiy valyutaga avtomatik ravishda konvertatsiya qilinadi – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan o‘rnatilgan valyutalar kursi bo‘yicha amalga oshiriladigan tranzaksiyada belgilangan pul miqdori avtomatik ravishda Xitoy yuani, Rossiya rubli, yevro yoki AQSh dollariga aylantiriladi. Bunday kartalarning joriy etilishi bilan fuqarolarning konversion kartalarni ochishga bo‘lgan ehtiyoji pasayishi mumkin, sababi konversion kartalar o‘zida bir qator imkoniyatlarni jamlaydi.», - deya aniqlik kiritdi YaUPM rahbari Ahror Mahmudov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish uchun mamlakatimiz fuqarolarining talablari o‘rganilib, eng qulay bo‘lgan xorijiy to‘lov tizimlari tanlandi. Misol uchun, agar karta egasi Xitoyga tez-tez qatnaydigan bo‘lsa, unga UzCard va China UnionPay tizimlarini birlashtiruvchi kobeyjing kartasidan foydalanish qulay bo‘ladi. Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan mehnat muhojirlari uchun UzCard va MIR to‘lov tizimlarini birlashtirish maqsadga muvofiqdir.

«To‘lov tizimlari ro‘yxatiga «MIR»ni kiritib, biz fuqarolarimizning Rossiya Federatsiyasiga, shu jumladan, ishlash maqsadida tez-tez qatnashlarini hisobga oldik. Misol uchun, qo‘lida «MIR» va UzCard logotiplari uyg‘unlashgan kobeyjing kartasiga ega bo‘lgan mehnat migrantlari unga ish haqlarini olishlari va kerakli pul mablag‘ini mobil ilovalar orqali O‘zbekistondagi oila vakillariga kichik komissiya - taxminan 0,5% evaziga o‘tkazib yuborishlari mumkin. Bu pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga yaratilgan muqobil variant hisoblanadi. Bundan tashqari, bu holatda komissiya Rossiyada emas, balki bizning banklarimizda yechib olinadi», - deydi Ahror Mahmudov.

Kobeyjing kartalarida ikkita logotip joylashtiriladi - milliy va xalqaro to‘lov tizimlaridan biri. YaUPM bosh direktori so‘zlariga ko‘ra, mijozning istagiga ko‘ra, kartalar UzCard logotipi bilan taklif qilinayotgan to‘rtta xorij to‘lov tizimlaridan biri uyg‘unligida ochiladi. Natijada kobeyj kartalarining hisob raqami har xil bo‘ladi, ya’ni to‘rtta hisob raqami ostida yuqorida keltirilgan to‘lov tizimlari xizmat ko‘rsatadi.

Ushbu kartalar nafaqat ish safarlari va sayohatlarda qo‘l keladi, kobeyjing kartasi orqali xorijiy saytlarda ham to‘lovlarni amalga oshirish, aviachiptalarni sotib olish, mehmonxonalar va boshqa buyumlarga, uydan chiqmagan holda tranzaksiyani o‘tkazish imkoni bor. Chet ellik sayyohlarni ham shu kabi qulaylik kutmoqda. Buning uchun O‘zbekistonning barcha hududlarida 250 mingga yaqin terminallar paydo bo‘ladi. Endi «China UnionPay», «MIR», «Visa» yoki «Master Card» kartalari egalari mamlakatning eng chekka qishloqlarida ham to‘lovlarni naqd pulsiz amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 1 iyul, kartalar, kobeyjing, boshlab, ishlab chiqariladi, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz