17:42 JSST koronavirusning yangi turi haqida ma’lumot berdi | |
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusning yangi turi kasallikning kechishini og‘irlashtirayotgani to‘g‘risida hech qanday dalil yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda JSST sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan aytib o‘tgan.
Rayanga ko‘ra, virusning mutatsiyasini real vaqt rejimida kuzatib borish haqiqatan ham global sog‘liq uchun ijobiy o‘zgarish va bunday kuzatuv olib borayotgan mamlakatlar maqtovga sazovordir.
Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng Buyuk Britaniya Hukumati yangi cheklovlar o‘rnatilishini e’lon qildi. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Shuningdek, bir qancha davlatlar yangi turdagi koronavirus qo‘rquvi sabab Buyuk Britaniya bilan aviareyslarni to‘xtatgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|