16:22 Karantin! Farg‘onada sevgilisi bilan uchrashmoqchi bo‘lgan yigit 15 kunga qamaldi | |
Fuqaro T.D 20 aprel kuni soat 21:00 larda karantin qoidalarini buzib, mast holda Quvasoy shahar, A.Azizov ko‘chasida niqob taqmasdan, karantinga olingan hudud o‘ralgan lentani uzib tashlagan. Shu yerda jamoatchilik asosida xizmat olib borayotgan A.X tomonidan tartibga chaqirilganda uyatli so‘zlar bilan haqoratlagan. Muqaddam bezorilik qilganligi uchun sudlanib, jazodan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan T.D sevgan qizini xonadoniga ketayotganligini vaj qilib fuqarolarning osoyishtaligini buzib, baqir-chaqir qilgan. Quvasoy shahar IIB profilaktika inspektori M.Qning huquqbuzarlikni to‘xtatish, jamoat tartibiga rioya qilish va IIB binosiga borish haqidagi qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, unga qarshilik ko‘rsatgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|