10:29 Kechasi iPhoneni quvvatlantirishga qo‘ygan qizning uyi yonib ketdi | |
Shimoliy Uleslik 15 yoshli Keytlin ismli qiz, kelajakda qo‘liga smartfon olmasa kerak, deb xabar beradi “Nonbox.ru” nashri. O‘sha kuni kechqurun Keytlin ayfonini quvvatlantirishga, karavotining ustiga qo‘yib, uyquga ketdi. Quvvatlantiruvchi qurilmadan chiqqan uchqun yong‘inga sabab bo‘ldi. Tez yonuvchi predmetdan chiqqan yong‘in butun xonaga tarqaldi. Yong‘in shu darajada kuchli bo‘ldiki, endi Keytlinning oilasi yaqin kunlarda o‘z xonadonlariga qayta olmaydi. Bu hodisa boshqa odamning uyida ham ro‘y berishi mumkin edi, chunki har birimiz ham aynan kechasi telefonimizni quvvatlantirishga qo‘yamiz. O‘t o‘chiruvchilar brigadasi xodimlari qizning yong‘indan oldingi va yong‘indan keyingi holatini ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etib, barcha yong‘in xavfsizligidan ogohlantirdi. O‘t o‘chiruvchilar shunday kuchli yong‘indan Keytlinning oilasi omon qolganligini mo‘’jiza, deb atashdi. Mutaxassislarning fikricha, uyni ta’mirlash uchun kamida 6 oy vaqt va katta mablag‘ kerak bo‘ladi. Endi ular vaqtincha ijarada kun kechirishlariga to‘g‘ri keladi. Bu voqea barchamizni ogohlikka chorlashi lozim. Mobil aloqa vositalarini nazoratsiz, kechasi quvvatlantirishga qo‘ymaslikka harakat qiling. Keytlin uysiz bo‘lsa ham, joni omon qoldi, bunday xato tufayli inson o‘z umrini ham boy berishi mumkin.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|