11:45 Kolumbiyada suv toshqini oqibatida uch ming kishi jabrlandi | |
Kolumbiyaning Loro shahri suv ostida qoldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri. Bir haftadan beri tinmagan yomg‘ir shaharni suv ostida qoldirdi. Suv toshqini oqibatida 800 nafar oila mahalliy hukumat tomonidan evakuatsiya qilindi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat tufayli 3 ming kishi jabrlandi. Yuzlab uylar vayron bo‘ldi. Qutqaruv tadbirlarida harbiylar ham ishtirok etmoqda. Sinoptiklarning ma’lumot berishicha, o‘tgan haftada ham yog‘ingarchilik tinmaydi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|