00:05 Koronavirusga chalinish bo‘yicha noxush rekord qayd etildi | |
Shu yilning 10-sentyabr kuni mamlakatimizda 749 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. Afsuski, ushbu holat joriy yil 3 avgust kuni koronavirus qayd etilgan 748 nafarlik ko‘rsatkichdan oshdi. Shu bilan birga, Toshkent viloyatida 4 nafar, Toshkent shahrida 3 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Andijon viloyatlarida jami 343 nafar bemor sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 45 679 nafar bemordan 42 555 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 751 nafar bemordan 439 nafari og‘ir, 219 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|