09:23 Koronavirusga qarshi antitana organizmda qancha vaqt saqlanishi aniqlandi | |
Olimlar koronavirusga qarshi antitanacha inson organizmida qancha vaqt saqlanib qolishini aniqlash uchun tadqiqot o‘tkazdi.tajribada 30 mingdan ortiq islandiyalik qatnashdi. Bu haqda “Nature” xabar berdi. Yakunda koronavirusga qarshi antitana 4 oy davomida bir xil darajada qolishi aniqlangan. Bu kasallikdan sog‘aygan odamning tezda yana qayta virus yuqtirib olish ehtimolini yo‘qqa chiqaradi. Antitana darajasi kasallanishdan ikki oy o‘tib ko‘payadi, keyin esa 4 oy davomida barqarorlashadi.Qariyalar va shifoxonaga yotqizlganlarda anitatana miqdori yuqori bo‘ladi. Kasallikni alomatlarsiz o‘tkazib yuborganlarda esa antitana miqdori ham kamroq bo‘ladi. Olimlar kasallikni alomatlarsiz o‘tkazganlardagi antitana miqdori qayta kasallanishn to‘xtatish uchun yearlimi-yo‘qmi aytishmagan. Ammo tibbiy statistika bunday holatlar kam ekanini ko‘rsatgan. Ta’kidlanishicha, koronavirusga tahlil olishda qondagi antitanalar miqdorini o‘lchash burun yoki halqumdan surtma olishdan samaraliroq hisoblanadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|