15:50 Toshkentda koronavirusga qarshi dorini noqonuniy sotayotganlar qo‘lga tushdi | |
17-oktyabr kuni Transportda XTBB rahbariyatiga fuqaro «N» ariza bilan murojaat qilgan. Unda «X» ismli shaxs «COVID-19» virusiga qarshi qo‘llanilayotgan «Remdesivir» dori vositasining har birini 1.350.000 so‘mdan sotayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so'ragan. So‘ngra Transportda XTBB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi. Natijada 1996-yilda tug‘ilgan M.X., 1996-yilda tug‘ilgan M.S., 1987-yilda tug‘ilgan K.R. hamda 1986-yilda tug‘ilgan Sh.A.lar, tadbirda «shartli sotib oluvchi» bo‘lib ishtirok etayotgan fuqaro «N»ga 60 dona «Remdesivir for Injection 100mg» (VDREM-100) nomli dori vositalarini 1.350.000 so‘mdan sotib, 60.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni sanab olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan aniqlanib, ushlandi hamda mazkur dori vositalari va pullar ashyovish dalil sifatida olib qo‘yildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|