20:53 Toshkentda mashina o‘g‘rilari qo‘lga tushdi | |
2020-yil 22-dekabr kunidan 23-dekabr kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 23:00 dan ertalabki 10:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Toshkent shahar Uchtepa tumani Chilonzor 24-mavzesi 32-uy oldida 33 yoshli Dilnavoz X.ga tegishli bo‘lgan oq rangli «Gentra» rusumli avtomashinasini qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, noma’lum tomonga olib qochgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan. Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida Dilnavoz X.ga tegishli bo‘lgan «Gentra» rusumli avtomashinasi muqaddam bir necha bor sudlangan 28 yoshli Bekzod Q. hamda 27 yoshli Fazliddin M.lar tomonidan olib qochilganligi, o‘sha kuni avtomashinaning raqamlari yechib olinib, yuqoridagi jinoyatchilardan birining uyi oldida yashirib qo‘yilganligi aniqlangan. Avtomashina joylashuvi aniqlanib ko‘zdan kechirilganda jabrlanuvchiga tegishli videoregistrator, salon o‘rindiqlaridagi g‘iloflari, avtomagnitolasi joyida yo‘qligi aniqlangan. Jinoyat ishi doirasida Bekzod Q. va Fazliddin M.lar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb kilinib protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|