14:13 Koronavirusga qarshi eng foydali nonushta | |
Rossiyalik shifokor-diyetolog Yuliya Chexonina eng foydali nonushta sirini fosh etdi. «Zvezda» telekanali uning so‘zlarini keltirgan. Chexonina har kuni birinchi bo‘lib oqsil va uglevodlardan iborat taom iste’mol qilishni maslahat beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ertalab dasturxonda faqat bitta mahsulot, masalan, bo‘tqa bo‘lishi yaxshi emas. Taomnomada, shuningdek, oqsilli taomlar ham bo‘lishi darkor. Ekspertning ta’kidlashicha, uglevodlar — odam organizmiga zarur quvvat manbai. Biroq nonushtadan omlet yoki sirnik kabi mahsulotlar chiqarib tashlanadigan bo‘lsa, odam tanasi kunlik oqsil miqdorini yetarlicha qabul qilolmay qoladi. Oqsil yetishmovchiligi natijasida organizmda ortiqcha yog‘ va uglevodlar ko‘payishi kelib chiqadi. «Bu esa ortiqcha vaznga sabab bo‘ladi», — deya ta’kidlaydi Chexonina. Nonushta — salomatlik garovi. Shuning uchun mutaxassislar tongda to‘laqonli ovqatlanishni maslahat berishadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|