Главная » 2020 » Июль » 6 » Koronavirusga qarshi kurashayotgan olimlar yana bir muammoga duch keldi
20:30

Koronavirusga qarshi kurashayotgan olimlar yana bir muammoga duch keldi


70 dan ortiq mamlakatlar koronavirus pandemiyasi natijasida OIV infeksiyasini davolash uchun ishlatiladigan antiretrovirus dorilarning kamayishi xavfi haqida ogohlantirmoqda. Bu haqda bugun, 6 iyul kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xabar bermoqda.

Tashkilotga ko‘ra, 73 mamlakatda qiyin vaziyat yuzaga kelgan. Ulardan 24 davlatda virusga qarshi dorilarning juda kam zaxirasi qolgan. Ularning aksariyatida esa, dori-darmonlarni yetkazib berishda uzilishlar mavjud. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyat 8,3 million bemorga yoki butun dunyo bo‘ylab OIV infeksiyasini davolayotgan odamlarning uchdan biriga ta’sir qilishi mumkin.

"Ushbu tadqiqot natijalari jiddiy tashvishga solmoqda. Mamlakatlar OIVga qarshi dori-darmonlardan foydalanishda davom etishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishlari kerak", dedi JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus.

JSST va Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV / OITS bo‘yicha birlashgan dasturiga ko‘ra, 2000 yildan 2019 yilgacha dunyoda OIV infeksiyasining yangi tashxis qo‘yilgan holatlari 39 foizga kamaygan. Xuddi shu davrda OITSdan o‘lim 51 foizga kamaydi, antiretrovirus dorilar tufayli 15 millionga yaqin odamning hayoti saqlab qolindi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yana bir muammoga, kurashayotgan olimlar, Koronavirusga qarshi, duch keldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz