22:43 Koronavirusga qarshi yana bir ishonchli dori yaratilganligi ma’lum qilindi | |
Chililik olimlar interferonlar asosida koronavirus bilan kurasha oladigan dori ixtiro qilishdi, uning odamlarda sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “24 Horas”. “Konsepsyonda birinchi COVID-19ga qarshi ingalyatir orqali ishlovchi preparat ishlab chiqarilmoqda. Uning formulasi interferonlarga asoslangan bo‘lib, insonlarda sinash jarayoning tasdiqlanishini kutmoqda”, deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ushbu preparat dori emas, balki ishlatilishi mumkin bo‘lgan hamda kasallikning dastlabki bosqichlarida yaxshi natijalarga olib keladigan qo‘shimchadir.
Manba: "aniq.uz"
| |
|