19:07 Koronavirusga umrbod immunitet qachon shakllanishi ma’lum bo‘ldi | |
«Vektor» biotexnologiya davlat ilmiy-tadqiqot markazi bosh direktori Rinat Maksyutovning fikricha, COVID-19ga umrbod immunitet shakllanishi mumkin. «Immun tizimning ayrim xususiyatlarida, masalan, kasallik og‘ir kechganda umrbod immunitet shakllanishi mumkin», — dedi u «Rossiya 1» telekanalida namoyish etilgan «Xavfli virus. Vaksinalar» filmida. Maksyutovning aniqlik kiritishicha, agar odam koronavirusni og‘ir shaklda o‘tkazgan bo‘lsa, u holda unda yetarlicha immunitet shakllanadi va vaksinatsiyaga hojat qolmaydi. Bordi-yu, xastalik yengil yoki alomatsiz shaklda kechgan bo‘lsa, immunitet darajasi unchalik kuchli bo‘lmasligi mumkin. Shu bois COVID-19 profilaktikasi uchun emlanishiga to‘g‘ri keladi, deya izohladi «Vektor» bosh direktori.
Manba: "xabar.uz"
| |
|