13:43 Koronovirusga chalingan odamlar qancha muddatda tuzaladi? | |
Bugun AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi. Koronovirusga chalingan odamlar qancha muddatda tuzaladi o‘zi? Nima uchun karantinga olinganlarni chiqarish cho‘zilib ketyapti? Bemorlar o‘rtacha 10-15 kun, ba’zida og‘ir hollarda bir oy davomida tuzaladi. Tuzalgandan so‘ng, yana 14 kun davomida reabilitasiya ishlari olib boriladi. Karantindan chiqarish qoidalariga asosan, 14 kunda laboratoriya natijalari manfiy bo‘lsa, karantindagilar chiqariladi, agar laboratoriya natijalari musbat bo‘lsa, karantin davom etadi. Virusni ajratayotgan odam karantindan chiqarilishi mumkin emas.
Manba: "aniq.uz"
| |
|