14:26 Kurtua “Oltin toʻp” uchun ovoz berish tizimidan norozi | |
“Real Madrid”ning 30 yoshli belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtua Fransiyaning France Football nashri “Oltin toʻp” uchun ovoz berish tizimini tanqid qildi. “Ishonchim komilki, darvozabon “Oltin toʻp”ni qoʻlga kirita olmaydi. Ushbu mukofot sohibi Karim Benzema va biz hammamiz rozi boʻlamiz. Ammo Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionligi qoʻlga kiritilgan shunday mavsumdan soʻng, ovoz berishda oʻzimni yettinchi oʻrinda koʻraman. Bu esa darvozabonlar hisobga olinmasligidan dalolat beradi. Shu bilan birga kuchli oʻntalikda himoyachilar ham yoʻq. Hech boʻlmaganda ular uchun ham, xuddi biz uchun taʼsis etilgani kabi alohida boshqa sovrin taʼsis etilishi kerak”, – deydi Kurtua. Eslatib oʻtish mumkin, Ispaniya chempionatining soʻnggi mavsumida darvozabon 36 ta uchrashuv oʻtkazib, oʻz darvozasidan 29 ta gol oʻtkazib yuborgan va 16 ta oʻyinda darvozasi daxlsizligini saqlagan. Chempionlar ligasida Kurtua 13 ta oʻyin oʻtkazib, 14 ta gol oʻtkazib yuborgan va jami 50 ta seyv amalga oshirgan. Mavsum yakunida Kurtua Ispaniya chempioni, shuningdek, Chempionlar ligasi kubogi sohibiga aylangan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|