Главная » 2020 » Октябрь » 3 » Kuzda soch to‘kilishiga qanday barham berish mumkin?
22:10

Kuzda soch to‘kilishiga qanday barham berish mumkin?


Organizm yangi faslga ko‘nikishni boshlashi sabab bir qancha o‘zgarishlar kuzatiladi va ular orasida soch to‘kilishi ham yo‘q emas. Tibbiyot fanlari doktori Natalya Imayeva soch to‘kilishining sabab va yechimlari haqida ma'lumot beradi.

Erkak va ayollar soch tuzilishing farqi nimada?

Erkaklar soch tuzilishi ayollarnikiga qaraganda mustahkamroq va o‘sish fazasi qisqa bo‘ladi. Testosteron gormoni sabab erkaklar sochi tez yog‘lanadi. Ayollardagi estrogen gormoni esa soch folikulalari umrini uzaytiradi.

Soch to‘kilishiga nima sabab bo‘lishi mumkin?

Kuniga o‘rtacha 50-100 tola soch to‘kilishi mumkin. Ammo sizda me’yordan ko‘proq soch to‘kilishi va seboreya – teri yog‘ qatlami miqdorining o‘zgarishi natijasida terining yallig‘lanish kasalligi kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Sochning patologik to‘kilishiga stress, moddalar almashinuvining buzilishi, gormonal disbalans, organizmda toksin borligi, hayot uchun muhim bo‘lgan mikroelementlarning yetishmasligi, shuningdek, yomon ekologiya, sochning kimyoviy zararlanishi, bosh suyagi yoki umurtqaning jarohatlanishi hamda nurlanish, oshqozon-ichak traktining buzilishi va ayrim preparatlarning nojo‘ya ta’siri sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, soch to‘kilishi nasliy bo‘lishi ham mumkin.

Soch to‘kilishini qanday qilib kamaytirish mumkin?

Sochni fen yordamida issiq bo‘lmagan haroratda quriting va tez-tez tarab turing. Tarash bosh terisida qon aylanishini yaxshilaydi va yog‘ bezlarining soch bo‘ylab tarqalishiga sabab bo‘ladi. Buning uchun massaj cho‘tkali soch tarog‘i bilan sochni uzunligi bo‘ylab tarash kerak. Uzun va bo‘yalgan sochlar tarashdan avval quruq bo‘lishi kerak. Sochni iliq suvda ikki marta yuvish kerak.

Yog‘li va uncha yog‘li bo‘lmagan sochlarni fen orqali quritish mumkin, lekin yog‘siz sochlarni sochiq yordamida quritgan yaxshi. Sochni turmaklaganda, turli shpilka va zakolkalardan foydalanganda tolalarni zararlanmasligiga e’tibor berish kerak. Mavsumga qarab shapka yoki shlyapa kiyishni unutmang.

Mazkur muammoni qanday hal qilsa bo‘ladi?

Bosh terisidagi muammo va soch to‘kilishini davolash uchun mezoterapiya, sochlarni lazer orqali davolash va elektrotrixogenez muolajalari tavsiya qilinadi. Mazkur muolajalar nafaqat soch to‘kilishini to‘xtatadi, balki o‘sishini tezlashtirib, ahvolini yaxshilaydi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: soch to‘kilishiga, Kuzda, barham berish, mumkin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz