13:23 Lola konsertiga qanday tayyorgarlik ko‘radi? | |
Lolaning Instagramdagi sahifasiga joylagan navbatdagi video aynan shu haqda. U konsertga tayyorgarlik jarayoni haqidagi videoni olib, uni o‘z sahifasiga joyladi. Lolaning konsertga qanday tayyorlanishi haqida esa bu yilgi dastur rejissyor va xoreografi so‘zlab berdi. Rejissyorning ma’lum qilishicha, Lola konserti oldidan 3 oy yemaydi, ichmaydi, uxlamaydi va boshqalarni ham uxlatmaydi. “Lola Yo‘ldosheva kim o‘zi?” degan savol bilan xonanda konsertiga 27 kun qolganini ma’lum qildi va quyidagi videolavhani namoyish qildi. Lola Yo‘ldoshevaning yakkaxon konsert dasturi 21-22-23 noyabr kunlari "Istiqlol" san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|