O‘zbek estradasining yorqin vakillaridan biri Lola o‘zi sevib tayyorlaydigan yengil va mazali gazaklar reseptlari bilan bo‘lishdi.
«KAPREZE» ITALYaNChA GAZAK
Kerakli masalliqlar: Pomidor, motsarella pishlog‘i, yashil rayhon va eng yaxshi zaytun moyi.
Tayyorlanishi: Pomidorlarni o‘tkir pichoq yordamida 6-7mm qalinlikdagi parraklarga kesib olamiz. Motsarella pomidor qalinligidagi bo‘lakchalarga bo‘linadi. Pomidor bo‘laklarini bir tekis qilib motsarella bilan navbatma-navbat terib chiqamiz. Bir kichik sir, gazak suvli chiqishi uchun zaytun moyi bilan birga smetana ham qo‘shiladi. Kaprezega mayda tuz sepamiz va ta’bga ko‘ra yanchilgan qora murch sepish mumkin. Rayhon barglarini terib ustidan balzamik krem (aynan krem) solinadi.
QAYMOQLI PIShLOQ VA LOSOS BALIQLI BRUSKETTALAR
Kerakli masalliqlar: Chiabatta yoki oq baton, oz tuzlangan losos balig‘i, rayhon, qaymoqli pishloq (maskarpone yoki filadelfiya), ta’bga ko‘ra kaperslar va zaytun.
Tayyorlanishi: Batonni parraklarga bo‘lamiz va grilda ikki tarafini ham quritamiz. Baton bo‘laklariga qaymoqli yoki tvorogli pishloq suramiz. Losos yupqa parraklarga bo‘linadi. Pishloq surtilgan baton bo‘laklariga terib chiqamiz. Bruskettalarning ustiga kapers va rayhon teramiz.
«BRUSKETTA» GAZAGI
Kerakli masalliqlar: Baget, baton yoki javdar noni, zaytun moyi, sarimsoq, piyoz, pomidor, zaytun moyi.
Tayyorlanishi: Nonni diagonal bo‘ylab kesing, shunda mazaliroq bo‘ladi. Non bo‘laklariga albatta zaytun moyi va sarimsoq surtish kerak. So‘ng ikki taraflama qovurib olasiz. Yana duxovkada tilla rangga kirguncha pishirib olsa ham bo‘ladi. Piyoz, pomidor va rayhonni maydalab to‘g‘rab, zaytun moyi, tuz va murch qo‘shib aralashtirib olinadi va qovurib olingan non bo‘laklari ustiga surtiladi.