17:29 Xonanda Farrux Raimov va Dilso‘z oilasi ajralish arafasida | |
Xonanda Dilso‘z turmush o‘rtog‘i Farrux Raimov bilan ajrashishmoqchi. Bunga oiladagi kelishmovchiliklar sabab bo‘lmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Farrux Raimov o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga urinib, bankrot bo‘lgan. Shundan so‘ng u oilada muammolarga duch kela boshlagan va yaqinlari xonanda bilan xayrlashish niyatida ekanligini aytgan. Ko‘pchilik foydalanuvchilar xonandani hayotining og‘ir pallasida turmush o‘rtog‘ini tashlab ketganini aytib, bu holat uchun Dilso‘zni ayblay boshladi. Dilso‘z ushbu fikrlarga o‘z munosabatini bildirdi. “Oilamizda 4 nafar farzandning to‘liq ta’minoti, uy-ro‘zg‘or ishlari, kredit to‘lovi, kommunal to‘lovlar menga mas’ul edi. Men bundan shikoyat qilmadim. Bugun o‘zim bilmagan holda erimga qo‘shimcha pul bermay qo‘yganimga aybdor bo‘lib chiqdim. Bu ishni to‘xtatdim, chunki 4 nafar farzandni tarbiyalashim kerak”,- deydi xonanda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|