13:05 Lolaga er o‘zimizda qurib ketganmidi? | |
Aksincha, latofatli, malohatli aktrisamiz uchun manaman degan, tog‘ni ursa tolqon qiladigan yigitlarimiz bor edi. Hozir ham bor. Ammo… Yevropacha tarbiya, yevropacha fikrlash, yevropacha dunyoqarash uni mahalliy mentalitetdan uzib qo‘ydi. U erkin hayotni xush ko‘rdi. Yevropaliklar kabi kiyinib yurishni va boshqalar bilan ham xorijcha muomala qilishni istadi… Albatta, xuddi shu talablarga mos keladigan yigitlarimiz ham yo‘q emas. Biroq ularga ham yevropacha hayot zarur-da. Uni Lola berolmas edi-da… Birinchi marta u o‘zimiznikilarga turmushga chiqdi. O-o-o, hamma havas qildi. Lekin bu nikoh uzoqqa cho‘zilmadi. Avval dugona, keyin o‘gay onaga aylangan Shahzoda, Rayhon bilan duet qo‘shiq kuylash (shunisida u judayam chegaradan chiqib ketgan edi. Ammo jabrni ko‘proq u tortdi) ortidan kelgan mashmasha uni judayam qiynab qo‘ydi. Va u Moskvaga yo‘l oldi. U yoqda ham tinch turmadi. Bir-biridan g‘alati qiliqlar ko‘rsataverdi. Va oldiga katta to‘siq qo‘yildi. U qariyb ijod qilmay qo‘ydi.
Oradan hech qancha vaqt o‘tmay turmushga chiqqanligi to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Tojik yigit ekan eri. Har tugul, dedik. Birorta habashnimi yoki soqolsiz yevropalikni tanlaganda nima qilardik? Shunday qilganda nima qilarding, dersiz. Hech narsa qilmasdim. Shunchaki sharmanda bo‘lardim. Chunki biror joyga borganimda: «Sizlarning Lolalaring anavi sariq sochli betuturiqqa tegib oldimi?» deyishardi. Ko‘rayapsizmi, tekkizib aytardi. «Sizlarning Lolalaring…» Ko‘-o‘p Lola emas, albatta… Xullasi kalom, maftunkor qizga tojik yigit ega chiqibdi. Baxtli bo‘lishsin. Axir o‘zimizda ham tojik qizlariga uylanganlar oz emas. Bunisiga ko‘namiz.
Manba: "hordiq.uz"
| |
|