12:48 Maktab imtihonlari sanasi va tartibi: vazirlik batafsil izoh berdi | |
Kuni kecha XTV matbuot xizmati bu yil maktablarda yakuniy imtihonlar o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. Vazirlik xabariga ko‘ra, imtihonlar o‘tkazilishidan oldin ta’lim muassasalarida dezinfeksiya ishlari olib boriladi, o‘quvchilar imtihonlarga sanitar-gigiyena qoidalariga rioya etgan holda himoya vositasida (tibbiy niqob) kiritilib, binoga kirishdan avval tibbiy xodimlar tomonidan ularning tana harorati o‘lchalanadi va oraliq masofani saqlashlari ta’minlanadi. Agar maktab karantinga yopilgan bo‘lsa imtihon karantin muddati tugaganidan so‘ng, imtihonlar karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkaziladi. Imtihonlar og‘zaki, yozma hamda test sinovlari shaklida o‘tkaziladi quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi: - 26 maydan 2 iyunga qadar — 5,6,7,8 va 10-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat imtihonlari; - 26 maydan 15 iyunga qadar — 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat imtihonlari o‘tkaziladi. Imtihon savollari va materiallari Xalq ta’limi vazirligining rasmiy telegram kanaliga joylashtirilgan. Imtihondan o‘ta olmagan o‘quvchilarga amaldagi Nizomga ko‘ra, imtihondan ikki hafta o‘tgach qayta yakuniy attestatsiyadan o‘tish huquqi beriladi. Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldiriladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|