Главная » 2020 » Июнь » 28 » Maktabga ham bormagan Katrina Kaif qanday qilib Bollivudni zabt etgan?
12:49

Maktabga ham bormagan Katrina Kaif qanday qilib Bollivudni zabt etgan?


Hind kino sanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Katrina Kaifga, “Zolushka”ning hayotdagi prototipi degan ta’rif berilsa ham xato bo‘lmaydi. Hatto maktabga ham bormagan qiz surati qanday qilib to‘satdan mashhur jurnal muqovalaridan o‘rin olgan? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

1983-yilda Gonkongda dunyoga kelgan Katrina oilasida undan tashqari yana 6 qiz va 1 o‘g‘il farzand bo‘lgan. Onasi Syuzann Tyurkott ingliz, onasi Mohammed Kaif esa hind millatiga mansub. Ular qizaloq kichikligidayoq ajrashib ketgan. Onasi ijtimoiy faol bo‘lgani uchun bir davlatdan ikkinchisiga ko‘chib yurgan, shu sabab ham uning oilasi Gonkongdan keyin Yaponiya, Fransiya, Shveysariya, Polsha, Belgiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida istiqomat qilgan. Katrina 14 yoshga to‘lganidan keyin oilasi Angliyaga kelib u yerda uch yil yashagan so‘ngra Hindistonga ko‘chib ketgan. Shaharma-shahar ko‘chib yurgani sabab ham aktrisa maktabga bora olmasdan, uyda ta’lim olishga majbur bo‘lgan. Voyaga yetganidan keyin esa oliy ta’lim muassasasiga topshirib ko‘rish haqida oylab ham ko‘rmagan.

14 yoshida bo‘lajak sohibjamol, Gavayida o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan keyin unga turli modellik agentlaridan taklif kela boshlagan va Londonda modellik faoliyati bilan shug‘ullangan. Aynan ushbu faoliyat turi uni kino olamiga qadam qo‘yishiga sabab bo‘lgan. Kaifga 2003-yilda “Saaya” filmida Jon Abraham bilan birga suratga tushish taklif qilingan. Katrinaning hind tilida bemalol gapira olmagani sabab, ushbu film uning debyuti bo‘la olmagan. Shundan keyin “Bum” filmida ilk marta rol ijro qilishga muyassar bo‘lgan. Hozirda 36 yoshda bo‘lgan Bollivud yulduzi hali turmushga chiqmaganiga qaramasdan, Ranbir Kapur va Salmon Xon bilan bo‘lgan ishqiy munosabatlari tillarda doston bo‘lgan.

Bollivudning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisalaridan biri hisoblangan Katrinaning bugunga kelib Instagram sahifasida 39 milliondan ortiq obunachisi bor.

Aktrisa ijrosidagi “Toki hayot ekanman” (2012), “Tezlik 3” (2013), “Hayot zerikarli bo‘lishi mumkin emas” (2011) filmlarini ko‘rish tavsiya qilinadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Maktabga ham bormagan, Bollivudni zabt etgan, Qanday qilib, Katrina Kaif | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz