Главная » 2016 » Октябрь » 24 » Qanday qilib yosh ko‘rinish mumkin?
13:25

Qanday qilib yosh ko‘rinish mumkin?


Biz ko‘pchilik aktrisalarning o‘z yoshidan 10-20 yoshga yosh ko‘rinishidan hayratga tushamiz. Ba’zi yulduzlar esa sira qarimaydigandek ko‘rinadi. Ularning sirini bilishni istaysizmi? Yosh ko‘rinish sabablariga to‘qqiz misol.

1. Tabassum - bu ko‘pchilik ayollarning ishonchli «quroli». Ko‘pchilik aktrisalarning ta’kidlashicha, ularning latofatining siri plastik operatsiyalarda emas, balki ajoyib tabassumida. Haqiqatan ham tabassum mayda ajinlarni tekislaydi, chehrani yashnatadi, ko‘zlar porlab turadi va har qanday kosmetikadan afzal.

2. Kelishgan qad-qomat - Juliya Roberts va Endi Makduellning asosiy go‘zallik siri. Chiroyli qomat kishini 10, hatto 20 yilga yosh ko‘rsatadi.

3. Nasl. Rene Russoga yosh ko‘rinish nasldan o‘tgan. Shuning uchun u yoshligidan onasining yuziga qarab 40 yoshdan keyin unda qanday muammolar paydo bo‘lishi mumkinligini aniqlab borgan va shunga qarab parvarishni yo‘lga qo‘ygan ekan.

4. Fitnes. Qad-qomatingiz kelishgan bo‘lishiga qaramay o‘zingizga e’tiborni butunlay tashlab qo‘ysangiz, go‘zalligingizni saqlab qololmasligingiz mumkin. Xolli Berrining aytishicha, fitnes yoshlik, go‘zallik va salomatlik garovidir. Bundan tashqari, fitnes mashg‘ulotlari tetiklik, yaxshi kayfiyat, ajoyib ko‘rinish hadya qiladi.

5. Kosmetikasiz yurish. Kosmetikasiz yurish ayolni 5 yoshgacha kichik ko‘rsatadi. Aksincha, pardozning ortiqchasi sizga yoshingizdan ham katta yosh qo‘shib ko‘rsatadi. Fransuz ayollarining «a-lya natyurel» uslubida faqat rangsiz kosmetika qo‘llaniladi. Hatto Madonna yoshligida juda ko‘p kosmetikadan foydalangan bo‘lsa-da, hozir rangsiz bo‘yoqlarni ma’qul ko‘radi.

6. O‘rtacha bo‘y. Bunday bo‘y bilan modellik agentligiga qabul qilishmasa-da, 30 yoshdan so‘ng kichik bo‘yingiz sizning foydangizga: bo‘ydor ayollar yoshiga nisbatan ulug‘ ko‘rinishadi, 45 yoshida 165 sm bo‘yli ayollar ancha yosh ko‘rinadi. «Boylar ham yig‘laydi» seriali yulduzi Veronika Kastroni eslang. Birinchi seriyalarda u 17 yoshli qizni o‘ynagandi.

7. Uzun sochlar va kokillar. Ochroq rangdagi sochlar har doim yoshlik va go‘zallik ifodasini berib kelgan. Xo‘sh, unda qorsoch go‘zallar-chi? Uzun qora sochlarni yelkalarga yoyib oling! Sandra Ballokni kim 52 yoshda deydi? Uzun sochlar nafislik timsoli. Yosh ko‘rinishning yana bir siri: peshanadan kesilgan kokillar. Bu peshanadagi mayda ajinlarni yashiradi va chehrangizga sirlilik beradi.

8. Yarashiqli kiyim. Jennifer Lopes badanga yopishib turadigan toplar, ravon jinsilar ham bir necha yoshga kichik ko‘rinishda yordam beradi. Albatta, qad-qomatga yarashib tursa bunday kiyimlarni har qanday yoshda ham kiyish mumkin.

9. Quvnoqlik. Kim Beysingerning aytishicha, yosh ko‘rinish uchun kishi o‘zini yosh his qilishi kerak. Hayotdan zavqlana bilish, hazillar qilish, kulib yurish, har doim yaxshi kayfiyatda bo‘lish ayolni haqiqatan ham yoshartiradi. Doim go‘zal va yosh bo‘ling!


Категория: Maslaxatlar | | Теги: go'zallik, yosh ko'rinish, Qanday qilib, Yoshlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz