Главная » 2018 » Апрель » 28 » Qanday qilib qon bosimini to‘g‘ri o‘lchash mumkin?
14:57

Qanday qilib qon bosimini to‘g‘ri o‘lchash mumkin?


Arterial qon bosimini o‘lchash qiyin emas, ayniqsa, zamonaviy tonometrlar yordamida. Biroq bu ish e’tiborsizlik bilan amalga oshirilsa, natija ham shunga yarasha bo‘ladi. “Layfxaker” qanday qilib bu jarayonda xato qilmaslik borasidagi tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Qanday qurilmadan foydalangan ma’qul?

Qon bosimini mustaqil o‘lchash uchun avtomat tonometr (qon bosimini o‘lchashga mo‘ljallangan jihoz) xarid qilgan ma’qul, chunki stetoskopdan yolg‘iz foydalanish biroz noqulay, natijalarning noto‘g‘ri chiqish ehtimoli yuqori. Shuningdek, ba’zi avtomat tonometrlar ham noto‘g‘ri natijalarni ko‘rsatishi mumkin.

Yodingizda bo‘lsin, noto‘g‘ri tanlangan manjeta o‘lchami qon bosimini o‘lchashdagi natijalarga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun xarid oldidan tonometr o‘raladigan qo‘l qismini o‘lchab oling. Qurilma ko‘rsatmada yanglishmasligi uchun tonometrlarni dorixonalardan yoki maxsus do‘konlardan xarid qiling va bu borada haddan tashqari tejamkorlikka yo‘l qo‘ymang. Foydalanishdan avval, albatta, qo‘llanmasini o‘qib chiqing va batareyalarni o‘z vaqtida almashtirishni unutmang.

Qon bosimini qanday o‘lchash kerak?

Shoshmang, 5 daqiqacha tinch sharoitda o‘tiring, biror ish qilganingizdan keyin darhol tonometrga yopishmang. Qon bosimini o‘lchashdan yarim soat oldin chekmang va qahva ichmang.

Stulga qaddingizni tik qilib o‘tiring. Oyoqlaringizni chalishtirmang. Oyoqlar polda shunday turishi kerakki, tizzalar baland ko‘tarilmasligi lozim. Yengingizni shimaring, yaxshisi yengi uzun kiyimda bo‘lsangiz, uni yechib qo‘ying, shunda manjetni o‘rashda muammo yuzaga kelmaydi. Qo‘lingizni shunday joylashtiringki, tonometr manjetasi taxminan yurakning to‘g‘risida bo‘lsin. Ba’zan buning uchun qo‘l ostiga yostiqcha qo‘ygan ma’qul. Manjetani to‘g‘ri o‘rang. Uning pastki tomoni tirsakdan 2-2,5 sm yuqorida bo‘lishi kerak.

Manjetani shunday o‘rangki, u bilan qo‘lingiz orasiga 1-2 barmoq sig‘adigan bo‘lsin. Tonometr pulsni qayd etishi uchun rezina naychalar tirsakning ichki tomoniga qarashi kerak. Tonometrning barcha naychalari tekis bo‘lsin, chigallashib yoki tugun bo‘lib qolmasin.

Tonometr manjetani havoga to‘ldirishi uchun dasturni ishga tushiring yoki uni mustaqil harakatga keltiring (bu qanday modelni xarid qilganingizga bog‘liq). Qurilma havoni qo‘yib yuborishini kuting yoki klapanni ochib, havoni o‘zingiz qo‘yib yuboring. Tonometr ko‘rsatkichlarini yozib olib, ikki daqiqadan keyin boshqa qo‘lingizda ham qon bosimingizni o‘lchab ko‘ring.

Qanday qilib qon bosimini

stetoskopda o‘lchash mumkin?

Insonning yurak urishini eshitish uslubi biroz tajriba va ko‘nikma talab qiladi. Birinchi marta yurak urishini eshitish va bir vaqtning o‘zida tonometr nishoni ishorasini qayd etish qiyin, albatta. Insonning o‘z qon bosimini o‘lchashi esa undan-da qiyin. Shu bois agar stetofonendoskopdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, avval mashq qilib oling.

1. Inson xuddi avtomat tonometrda o‘lchagandek qaddini tik qilib o‘tirishi kerak, manjeta ham o‘sha joyga o‘raladi.

2. Stetofonendoskop membranasini tirsak chuqurchasi yaqiniga yoki undan yuqoriroqqa, puls yaxshiroq eshitiladigan joyga joylash va biroz chiqish kerak.

3. Manjetani o‘rab, tonometr o‘qiga qarab, pulsni eshiting. Bir fursat puls yo‘qoladi — yurak urishi eshitilmay qoladi. Shundan keyin manjetani tonometr o‘qi yana 20-30 mmga ko‘tariladigan qilib shishirish lozim.

4. Tonometr o‘qi sekin pastlashi uchun qurilma ventilini biroz bo‘shashtiring. Sekin deganda soniyasiga 2-3 mm pastlashi tushuniladi.

5. Stetofonendoskopda yana yurak urishi paydo bo‘lishini diqqat bilan eshiting. Ayni shu lahza tonometr o‘qi ko‘rsatgan sonni eslab qoling. Bu sistolik, ya’ni «yuqori» qon bosimi.

6. Keyin yana tovush yo‘qolishini kuting. Tonometr o‘qining shu vaqtda ko‘rsatgan belgisi — diastolik, ya’ni «quyi» qon bosimi hisoblanadi.

140/90dan baland qon bosimi — yuqori, 90/60dan past bo‘lgan qon bosimi — past. Siz uchun qaysi ko‘rsatkich me’yor ekanini aniqlash uchun har kuni bir vaqtda qon bosimingizni o‘lchang va ko‘rsatkichlarni yozib boring. Shundagina qon bosimingizda muammolar bor yoki yo‘qligini bilishga muvaffaq bo‘lasiz.

«7 Mo‘’jiza» gazetasidan


Manba: "hordiq.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: Qanday qilib, to‘g‘ri, Qon bosimi, o‘lchash mumkin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz