17:42 Manba: Messi ikki yildan keyin o‘tadigan klubni ma’lum qildi | |
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi faoliyatini Amerikada davom ettirishi mumkin. Cadena SER’ning xabar berishicha, futbolchining otasi va agenti Xorxe Messi «PSJ» rahbariyati bilan o‘g‘lining Parijga ko‘chib o‘tishi masalasida uchrashuv o‘tkazishi kutilgandi. Biroq Kataloniya klubi prezidentlik saylovlarida Joan Laporta g‘olib bo‘lgach, Messi tez orada yangi rahbariyatning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini eshitadi. Qayd etilishicha, Messi yozda klubda qolish masalasida qanday qarorga kelishidan qat’i nazar argentinalik futbolchi 2 yildan keyin AQShning «Inter Mayami» klubiga o‘tishi aniq. Lionel 2023 yilda MLSga ko‘chib o‘tish masalasida klub egasi Devid Bekhem bilan kelishuvga erishgan. Avvalroq, «Barsa» prezidenti Joan Laporta Lionel Messini klubda olib qolish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishi haqida gapirgandi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|