11:56 «Manchester Siti» futbolchisining 600 ming dollarini o‘g‘irlab ketishdi | |
Angliyaning jazoirlik futbolchisi Riyod Mahrezning uyini o'g'ri urib ketdi. Bu haqda «The Sun» yozmoqda. Yetkazilgan zarar 500 ming funt sterlingdan ziyodroqqa ($600 mingdan ko‘proq) baholanmoqda. O‘g‘rilar olib ketgan buyumlar orasida qimmatbaho soatlar — «Richard Mille» (230 ming funt), «Rolex Daytona» (40 ming funt) va «Rolex Day Date» (35 ming funt) ham bor. Shuningdek, 50 ming funt naqd pul, 150 ming funtlik noyob futbolkalar kolleksiyasi o‘g‘irlab ketilgan. Xabarlarga ko‘ra, o‘g‘rilik tasodifiy bo‘lmagan: o‘g‘rilar Mahrez qachon uyida bo‘lmasligini bilishgan. Ma’lumot uchun: Riyod Mahrez haftasiga 200 ming funt sterling maosh oladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|