10:38 Maradonaning qizi: “Barchasi oydinlashdi!” | |
Afsonaviy argentinalik futbolchi Diyego Maradonaning qizi Janin Maradona o‘zining tvitterdagi sahifasida otasining murdasining tekshiruvi natijalari haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, tekshiruvdan maqsad Maradonaning organizmida giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar izlarining bor yoki yo‘qligini aniqlash bo‘lgan. Futbolchining qizining so‘zlariga ko‘ra, Maradona o‘limidan oldin juda shishgan ko‘ringan, shuningdek, uning ovozi xuddi robotnikiga o‘xshab qolgan. "Barcha yaramaslar tekshiruv natijasida otamning organizmida giyohvand moddalar, marixuana va spirtli ichimliklar izlari ko‘rsatilishini kutishayotgan edi. Ammo hammasi oydinlashdi", deb yozgan Janin. Ma’lum qilinishicha, mutaxassislar argentinalikning organizmida taqiqlangan moddalar izlarini topishmagan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|